Xitoy rahbari Si Szinpin o‘tgan yilning noyabr oyida AQSh prezidenti Jo Bayden bilan uchrashuv chog‘ida Tayvan mustaqilligi bo‘yicha AQShning rasmiy tilini o‘zgartirishni so‘ragan edi. Bu haqda Reuters agentligiga shaxsiy suhbat mazmuni bilan tanish bo‘lgan ikki amerikalik rasmiy ma’lum qildi.
Ularga ko‘ra, Xitoy tomoni «AQSh Tayvan mustaqilligini qo‘llab-quvvatlamaydi» degan so‘zni «AQSh Tayvan mustaqilligiga qarshi» degan so‘z bilan almashtirishni talab qilgan. Uchrashuvdan so‘ng, Si Szinpinning yordamchilari keyingi oylarda bu masalaga qayta-qayta murojaat qilishdi.
❕ AQSh ma’muriyati o‘zgarishlar kiritishdan bosh tortdi. Oq uy so‘rovga javoban shunday izoh berdi: «Bayden-Xarris ma’muriyati uzoq yillik yagona Xitoy siyosatiga doimiy ravishda amal qildi».