Xitoydan kelgan mahsulotlarga AQSh bojxona to‘lovi stavkasi hozirda 50 foiz atrofida.
Bu haqda AQShning savdo bo‘yicha muzokarachisi Jeymison Grir Fox News telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.
"AQSh prezidenti Donald Tramp butun saylovoldi kampaniyasi davomida butun dunyo bo‘ylab 10% tariflarni va Xitoyga nisbatan 50-60% gacha bo‘lgan yuqori tariflarni joriy qilmoqchi ekanligini aytdi”, dedi u. "Umuman olganda, tariflar hozir Xitoyda 50% va butun dunyo bo‘ylab 10%."
Grir, Vashington va Pekin o‘rtasida Jenevada erishilgan kelishuvlar mamlakatlar o‘rtasidagi savdo mojarosi avj olishidan oldin kiritilgan bir qator majburiyatlarga ta’sir qilmasligini tushuntirdi; u, shuningdek, kelishuv doirasida Xitoy AQShga bir qator tovarlar, jumladan, noyob tuproq metallarini eksport qilish bo‘yicha cheklovlarni olib tashlashga rozi bo‘lganini ta’kidladi.
"Biz o‘z pozisiyalarimizni Xitoy tomoniga yaqinlashtirishimiz kerak bo‘lgan nuqtaga yetdik, shuning uchun ham bunga erishish uchun ko‘p kuch sarfladik. O‘tgan dam olish kunlari juda pragmatik natijaga olib keldi", - deya qo‘shimcha qildi u.