Bugun 5 may, 2026 yil, seshanba

КИР

AQSh Xitoy fuqarolari uchun vizaviy cheklovlarni kuchaytirish bilan tahdid qildi — Reuters

 AQSh Xitoy fuqarolari uchun vizaviy cheklovlarni kuchaytirish bilan tahdid qildi — Reuters

Nashr ma’lumotiga ko‘ra, Donald Tramp ma’muriyati Xitoy fuqarolariga nisbatan vizaviy cheklovlarni kuchaytirish bilan tahdid qildi. Sabab — Pekin AQShda noqonuniy yurgan o‘z fuqarolarini qaytarish jarayonini sekinlashtirgani aytilmoqda.

Amerika tomonining ta’kidlashicha, 2025 yil boshida taxminan 3000 nafar deportasiya qilingan shaxslarni qabul qilgan Xitoy keyingi oylarda bu borada hamkorlikni pasaytirgan. Shu orqali Vashingtonda norozilik kuchaygan.

Endilikda AQSh bir necha choralarni ko‘rib chiqmoqda:
vizalar uchun to‘lovlarni oshirish, arizalarni qattiqroq tekshirish va chegarada kirishni rad etish holatlarini ko‘paytirish.

Bu bayonot Trampning 14–15 may kunlari Xitoyga rejalashtirilgan tashrifi oldidan yangradi. Kutilmoqdaki, u yerda u Si Szinpin bilan muzokaralarda aynan deportasiya va migrasiya masalasini ko‘taradi.

Kiritildi: Bugun 20:23. O'qildi: 202 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!