Bugun 24 mart, 2026 yil, seshanba

КИР

AQSh vise-prezidenti va Netanyaxu Eron bilan muzokaralar shartlarini muhokama qildi

AQSh vise-prezidenti va Netanyaxu Eron bilan muzokaralar shartlarini muhokama qildi

AQSh vise-prezidenti Djey Di Vens va Isroil bosh vaziri Benyamin Netanyaxu Eron bilan muloqot o‘rnatish bo‘yicha sa’y-harakatlarni muhokama qilish uchun telefon orqali suhbatlashishdi.

Bu haqda Axios nashri xabar berdi.

"Vise-prezident Vens dushanba kuni ertalab Isroil bosh vaziri Netanyaxu bilan telefon orqali Eron bilan muzokaralarni boshlash bo‘yicha sa’y-harakatlarni muhokama qilish uchun suhbatlashdi", deyiladi xabarda.

Manbaga ko‘ra, Vens va Netanyaxu Eron bilan urushni tugatish bo‘yicha mumkin bo‘lgan kelishuvning tarkibiy qismlarini muhokama qilishgan.

Avvalroq AQSh prezidenti Donald Tramp Vashington va Tehron so‘nggi ikki kun ichida harbiy harakatlarni to‘xtatish bo‘yicha "juda yaxshi va samarali muzokaralar" o‘tkazganini aytgan edi. Uning so‘zlariga ko‘ra, muzokaralar hafta davomida davom etadi.

Kiritildi: Bugun 10:40. O'qildi: 433 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!