AQSh prezidenti Donald Tramp ma’muriyati Ukrainaning mudofaa taktikasiga amal qilishini talab etmoqda va hech qanday natija bermagan avvalgi kontrhujumning takrorlanishini butunlay inkor qilmoqda.
Bu haqda AQSh vise-prezidenti Jey Di Vens The Times gazetasiga bergan intervyusida ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Vashington 2023 yildagi keng ko‘lamli hujum operasiyasining strategik va taktik muvaffaqiyatsizligini hisobga olgan. O‘shanda sobiq prezident Jo Bayden ma’muriyati Kiyevni bunday harakatlarga faol ravishda undagan edi.
Vens davom etayotgan muzokaralarga qaramay, hozirgi vaqtda Ukraina tomoni uchun aynan mudofaaga maksimal darajada e’tibor qaratish hayotiy zarurat ekanligini alohida ta’kidladi.
«Tramp ma’muriyati ukrainlar... muzokaralar olib borilayotgan bir paytda, bor e’tiborini maksimal darajada mudofaaga qaratishi kerakligini uqtirmoqda», — deya tushuntirdi siyosatchi.