AQSh vise-prezidenti Jey Di Vens Hindistonga tashrif buyurdi, u yerda mamlakat bosh vaziri Narendra Modi bilan uchrashib, ikki tomonlama savdo, bojlar, mudofaa hamkorligini rivojlantirish va geosiyosiy muammolarni muhokama qiladi.
Vensning Palam aviabazasiga yetib kelgani aks etgan kadrlarni Hindistonning NDTV telekanali efirga uzatdi.
"Ushbu tashrif tomonlarga ikki tomonlama munosabatlardagi taraqqiyotni va bosh vazirning AQShga tashrifi chog‘ida 2025 yil 13 fevralda e’lon qilingan Hindiston va AQShning qo‘shma bayonoti postulatlarini amalga oshirishni ko‘rib chiqish imkonini beradi. Shuningdek, tomonlarni qiziqtirgan mintaqaviy va global voqealar yuzasidan fikr almashiladi," - deyiladi Hindiston tashqi ishlar vazirligi xabarida.
Muzokaralarning asosiy mavzulari orasida Vashington va Nyu-Dehli bir necha haftadan beri muhokama qilib kelayotgan AQSh Hindistonga joriy qilgan 26 foizlik bojlar ta’sirini yumshatish bo‘yicha ikki tomonlama savdo kelishuvi bo‘lishi kutilmoqda.