AQSh Davlat kotibi Marko Rubio Amerika kuchlarining Venesuelada quruqlikdagi operasiyasi ehtimolini inkor etmadi.
Rubio bu haqda CBS telekanaliga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
Bunday operasiyani o‘tkazish imkoniyati haqidagi savolga javob berar ekan, Rubio AQSh prezidenti Donald Tramp "bu masalalarning barchasi bo‘yicha mumkin bo‘lgan harakatlar repertuarini doim o‘zida saqlab qolishini" aytdi. "U, albatta, konstitusiyaviy huquq va mamlakatimizga bevosita tahdidlarga qarshi choralar ko‘rish qobiliyatiga ega", - deya ta’kidladi AQSh Davlat kotibi. U, shuningdek, Karib dengizidagi AQSh harbiy-dengiz kuchlari "nafaqat giyohvand moddalar savdosi uchun foydalanilgan qayiqlarni to‘xtatishga qodir", balki Venesuela portlariga "kiruvchi yoki chiqib ketayotgan har qanday kemalarni ushlab turishga" qodir ekanligi haqidagi o‘z pozisiyasini bildirdi. "Bu davom etadi", deb ta’kidladi Rubio.
"Tramp Qo‘shma Shtatlar uchun mavjud variantlardan ommaviy ravishda voz kechmaydi, garchi hozirda bunday bo‘lmasa-da. Hozir siz neft karantini (neft eksporti embargosi) ta’sirini ko‘ryapsiz, bu bizga voqealarning keyingi rivojlanishiga katta ta’sir ko‘rsatish imkonini beradi", - dedi AQSh Davlat kotibi.