AQSh ma’muriyati Venesuela neftini tashishda foydalaniladigan tankerlarning katta qismini musodara qilish uchun order so‘rab sudga ariza berdi.
Bu haqda Reuters manbalarga tayanib xabar bermoqda.
Gap Venesueladan neft tashiyotgan yoki ilgari neft tashigan o‘nlab kemalar haqida ketmoqda.
Agentlik so‘nggi bir necha hafta ichida AQSh harbiylari xalqaro suvlarda hozirda Venesuela neftini tashiyotgan yoki ilgari tashigan beshta kemani musodara qilganini eslatdi. Musodara qilish Venesuela prezidenti Nikolas Maduroni ag‘darish va Venesuela nefti ustidan AQSh nazoratini o‘rnatish kampaniyasining bir qismi edi.