Bugun 14 sentyabr, 2025 yil, yakshanba

КИР

AQSh Vakillar palatasi Ukrainaga yordam dasturi bo‘yicha qurol ishlab chiqarishga 400 million dollar ajratdi — The New York Times

AQSh Vakillar palatasi Ukrainaga yordam dasturi bo‘yicha qurol ishlab chiqarishga 400 million dollar ajratdi — The New York Times

Gazetaning xabar berishicha, qonun loyihasi qiyinchilik bilan qabul qilindi, uni 231 nafar kongressmen qo‘llab-quvvatladi, 196 nafari esa qarshi chiqdi.

"USAI dasturi AQSh mudofaa korxonalarida harbiy texnika ishlab chiqarish va xaridni moliyalashtirishni nazarda tutadi. Shartnomada bu qurollar kelajakda Kiyevga topshirilishi mumkinligi ko‘rsatilgan. Biroq ishlab chiqarilgan qurollar avtomatik tarzda Ukrainaga yuborilmaydi, bu faqat mudofaa vazirining taqdimidan so‘ng amalga oshadi. Demak, AQSh ishlab chiqarilgan qurollarni o‘zida ham qoldirishi mumkin", deya yozmoqda NYT.

Shu bilan birga, Vakillar palatasi respublikachi kongressmen Marjori Teylor Grinning Ukrainaga moliyaviy yordamni qisqartirish haqidagi taklifini rad etdi. Bunga ham demokratlar, ham respublikachilar qarshi chiqdi.

Kiritildi: 16:23 11.09.2025. O'qildi: 454 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!