Pentagon rasmiylari ma’lum qilishicha, AQSh Yaponiya bilan birgalikda giper tovushli raketani tutib oluvchi qurilma ustida ish olib boryapti. Kun chiqar yurt tomoni raketa dvigateli va quvvat vositasi komponentlarini yaratadi. Bu apparat giper tovushli qurolni hali ob’ektni nishonga olayotgan paytdayoq urib tushirishi kerak.
Rejaga ko‘ra, yangi aslaha mintaqa havo mudofaasi tizimining bir qismiga aylanadi.
Avvalroq Pentagondagilar AQSh giper tovushli quroldan himoyalanish uchun zarur vositaga ega emasligini aytib, bu borada Rossiya va Xitoydan ortda qolayotganini tan olgan edi.