Amerika Qo‘shma Shtatlari va Yaponiya Amerika energetikasiga 73 milliard dollar miqdorida investisiya kiritish, jumladan, kichik modulli reaktorlar va gaz generasiyasi ob’ektlarini qurish bo‘yicha kelishuvga erishdilar.
Bu haqda AQSh Savdo vazirligi tomonidan e’lon qilingan Vashington va Tokio qo‘shma bayonotida aytiladi.
Kelishuvga ko‘ra, "GE Vernova Hitachi" kompaniyasi Tennessi va Alabama shtatlarida kichik modulli reaktorlar quradi. Ushbu ob’ektlarning umumiy qiymati 40 milliard dollarni tashkil etadi.
Bundan tashqari, Tokio va Vashington Pensilvaniya shtatida 17 milliard dollarlik hamda Texasda 16 milliard dollarlik gaz generasiyasi loyihalarini amalga oshiradilar.