Bu haqda AQSh Qurolli kuchlari Markaziy qo‘mondonligi (CENTCOM) xabar qildi.
"Qo‘shma Shtatlar prezidenti Donald Tramp shanba kuni zarbalar berish to‘g‘risida buyruq berdi. Zarbalar “Hawkeye Strike” (“Lochin zarbasi”) operasiyasi doirasida amalga oshirilgan bo‘lib, 13 dekabr kuni Suriyada AQSh harbiy xizmatchilariga qarshi uyushtirilgan va o‘limga olib kelgan ISHID hujumiga javob sifatida o‘tkazildi", deyiladi CENTCOM'ning X ijtimoiy tarmog‘idagi bayonotida.
Qo‘mondonlik ma’lumotiga ko‘ra, zarbalar terrorizmga qarshi kurashish hamda mintaqadagi AQSh va ittifoqchi kuchlarni himoya qilish maqsadida berilgan.
Operasiya davomida AQSh va uning hamkorlari 20 dan ortiq samolyot ishtirokida 35 dan ziyod nishonga 90 dan ortiq yuqori aniqlikdagi o‘q-dorilarni qo‘llagan, deb xabar beradi CBS News.