Bugun 26 iyul, 2025 yil, shanba

КИР

AQSh va Ukraina o‘rtasida imzolangan xavfsizlik shartnomasi o‘n yil davomida amal qiladi

A A A
AQSh va Ukraina o‘rtasida imzolangan xavfsizlik shartnomasi o‘n yil davomida amal qiladi

AQSh va Ukraina o‘rtasida imzolangan xavfsizlik shartnomasi o‘n yil davomida amal qiladi. Bu haqda Reuters xabar berdi.

Kelishuvga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlar Ukraina armiyasini tayyorlashda davom etishi, harbiy sanoat sohasida hamkorlikni kuchaytirishi va razvedka ma’lumotlari almashinuvini kengaytirishi kerak.

Hujjat, shuningdek, Ukrainaga hujum uyushtirilishi yoki bunday hujum tahdidi yuzaga kelgan taqdirda, Kiyev va Vashington vakillari 24 soat ichida shoshilinch yig‘ilish o‘tkazib, AQShdan mumkin bo‘lgan yordamni muhokama qilishini kafolatlaydi.

Shu bilan birga, kelishuv Qo‘shma Shtatlar tomonidan Ukrainani himoya qilish uchun Amerika armiyasidan foydalanish majburiyatlarini o‘z ichiga olmaydi. Shuningdek, shartnomada Vashingtonning Kiyev oldidagi moliyaviy majburiyatlarini ham nazarda tutilmagan.

Kiritildi: 09:15 14.06.2024. O'qildi: 776 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!