Bugun 9 dekabr, 2025 yil, seshanba

КИР

AQSh va Ukraina delegasiyalari uchrashuvi yakshanba kuni Floridada bo‘lib o‘tadi

AQSh va Ukraina delegasiyalari uchrashuvi yakshanba kuni Floridada bo‘lib o‘tadi

AQSh va Ukraina delegasiyalari uchrashuvi yakshanba kuni Floridada bo‘lib o‘tadi, unda Rubio ham ishtirok etadi.

Agentlikning amerikalik rasmiyga tayanib xabar berishicha, AQSh davlat kotibi Marko Rubio va prezident Donald Trampning maxsus vakili Stiv Uitkoff yakshanba kuni Floridada Ukraina delegasiyasi bilan uchrashib, Vashingtonning Ukraina-Rossiya urushini to‘xtatish bo‘yicha rejasini muhokama qiladi. Uchrashuvda Trampning kuyovi Jared Kushner ham qatnashadi.

Marko Rubio o‘tgan dam olish kunlari Jenevada ukrainalik rasmiylar bilan bo‘lib o‘tgan maslahatlashuvlarda ham ishtirok etgan edi.

Avvalroq Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Rustem Umerov boshchiligidagi Ukraina delegasiyasi tinchlik rejasini muhokama qilish uchun Qo‘shma Shtatlarga yo‘l olganini ma’lum qilgan edi.

Kiritildi: 16:26 30.11.2025. O'qildi: 530 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!