AQSh va Isroilning Eron bilan urushi tufayli Patriot raketalari yetkazib berilishi kamayishi mumkin, dedi Ukraina prezidenti Associated Press agentligiga bergan intervyusida ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Yaqin Sharqdagi cho‘zilib ketgan mojaro AQSh tomonidan beriladigan yordamni yanada zaiflashtirishi mumkin va hozirda Ukraina ular uchun "ustuvor vazifa emas".
"Biz Patriot uchun o‘ta zarur bo‘lgan raketalar yetkazib berilishi kamayishiga tayyorlanyapmiz. Hozirda biz — muhim emasmiz", — deya ta’kidladi Vladimir Zelenskiy.
Shuningdek, u aynan Patriot tizimlari eng asosiy va shoshilinch muammo bo‘lib qolayotganini, chunki Ukrainada ularga to‘laqonli muqobil yo‘qligini aytdi.
"Bu tizimlar hech qachon yetarli miqdorda yetkazib berilmagan. Va agar Eron bilan urush yaqin orada tugamasa, biz uchun shundoq ham katta bo‘lmagan paket kundan-kunga kichrayib boradi. Shu sababli, albatta, biz qo‘rqyapmiz", — dedi prezident.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Zelenskiy Qo‘shma Shtatlarni Eronga hujum qilishga chaqirgan edi.