Bugun 22 dekabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

AQSh va Iroq «ajralmas qaror»dan voz kechdi

AQSh va Iroq «ajralmas qaror»dan voz kechdi

AQSh boshchiligidagi xalqaro koalisiya va Iroq hukumati Iroqdagi «Islomiy davlat» terrorchilik guruhiga qarshi kurash bo‘yicha Missiya Inherent Resolve 12 oy ichida, 2025 yil sentyabrdan kechiktirmay yakunlanganini e’lon qildi.

AQSh Davlat departamenti veb-saytida e’lon qilingan bayonotda Vashington va Bag‘dod Iroq kuchlarini qo‘llab-quvvatlaydigan va guruhga bosimni davom ettiradigan hamkorlikka o‘tishi aytilgan.

Koalisiyaning Suriyadagi harbiy missiyasi 2026 yilning sentyabrigacha davom etadi. Associated Press agentligining xabar berishicha, Oq uy Iroqdagi 2500 ga yaqin amerikalik askardan qanchasi 2025 yildan keyin qolishi haqida ma’lumot berishdan bosh tortgan.

«Islomiy davlat»ga qarshi kurash missiyasi Iroqda 2014 yilda tashkil etilgan. O‘sha paytda guruh mamlakatning taxminan uchdan bir qismini egallagan.

Kiritildi: 14:44 28.09.2024. O'qildi: 1695 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!