Bugun 26 noyabr, 2024 yil, seshanba

КИР

AQSh va Fransiya prezidentlari Livanda o‘t ochishni to‘xtatishni nazarda tutuvchi sulh uchun harakat qilmoqda

A A A
AQSh va Fransiya prezidentlari Livanda o‘t ochishni to‘xtatishni nazarda tutuvchi sulh uchun harakat qilmoqda

Bu haqda Reuters ma’lum qildi.

Agentlikning manbalariga tayanib xabar berishicha, 26 noyabr kuni Isroil Vazirlar mahkamasi “Hizbulloh” bilan sulhni tasdiqlash uchun yig‘ilishni rejalashtirgan.

"Agar Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu fikrini o‘zgartirmasa, Bayrut Vashington taklif qilgan o‘t ochishni to‘xtatish rejasini amalga oshirishda jiddiy to‘siqlar ko‘rmayapti" , — deya ma’lum qildi Livan parlamenti spikeri o‘rinbosari Elias Bu Saab.

Avvalroq, Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu Livanning “Hizbulloh” harakati bilan o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvni ma’qulladi, biroq Isroil yana ba’zi shartlarni Livan rasmiylariga taqdim etishni rejalashtirayotgani ma’lum bo‘lgandi.

Kiritildi: Bugun 16:32. O'qildi: 249 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!