AQSh va Daniya Trampning Grenlandiya bo‘yicha bayonotlaridan so‘ng birinchi yuqori darajali muzokaralarni o‘tkazadi. Bu haqda Financial Times xabar berdi.
Daniya Tashqi ishlar vaziri Lars Lyokke Rasmussen 3 mart kuni boshlanadigan Bryusseldagi NATO sammiti doirasida AQSh Davlat kotibi Marko Rubio bilan uchrashishni rejalashtirmoqda.
Biroq mamlakatlar o‘rtasidagi keskinlashgan munosabatlar tufayli uchrashuvning bekor qilinishi ehtimoli mavjud. Ayni paytda AQSh va Daniya rasmiy vakillari faqat minimal diplomatik aloqalarni saqlab qolmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Grenlandiyaning yangi bosh vaziri Yens-Frederik Nilsen Tramp orolni qo‘lga kirita olmasligini ma’lum qilgan edi.