Ruminiya fuqarolari mart oyidan boshlab AQShga vizasiz kirishlari mumkin.
Bu haqda Agerpres'ga Ruminiya tashqi ishlar vaziri Emil Xurezanu ma’lum qildi.
Vazirning ta’kidlashicha, mamlakat fuqarolari AQSh agentliklarini o‘z sayohatlari haqida faqat ESTA – Sayohatga ruxsat berish elektron tizimi platformasi orqali xabardor qilishlari kerak bo‘ladi.