Bugun 19 noyabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

AQSh o‘zining xorijdagi aktivlarini sotishga urinayotgan Rossiyaning “Lukoyl” neft-gaz kompaniyasi uchun sanksiyalarning kuchga kirish muddatini uzaytirdi

AQSh o‘zining xorijdagi aktivlarini sotishga urinayotgan Rossiyaning “Lukoyl” neft-gaz kompaniyasi uchun sanksiyalarning kuchga kirish muddatini uzaytirdi

"Tegishli bitimlarni amalga oshirishni qiyinlashtirishi mumkin bo‘lgan sanksiya cheklovlari 13 dekabrgacha kechiktirildi (avvalgi muddat 21 noyabr edi). Ushbu sanaga qadar “Lukoyl”ga Rossiyadan tashqaridagi chakana yonilg‘i quyish shoxobchalariga xizmat ko‘rsatish, ulardan foydalanish yoki ularni tugatish bilan bog‘liq operasiyalarni amalga oshirishga ruxsat berildi. “Lukoyl” foydasiga keladigan barcha to‘lovlar maxsus bloklangan hisob raqamlariga tushishi kerak (ya’ni kompaniya ulardan foydalana olmaydi)", deyiladi AQSh Moliya vazirligi bayonotida.

Bundan tashqari, AQSh Moliya vazirligi “Lukoyl”, “Rosneft” va ularning Bolgariya va Qozog‘istondagi loyihalar bilan bog‘liq shu’ba korxonalari bilan bitimlarni amalga oshirishga ruxsat berdi.

Kiritildi: 19:35 18.11.2025. O'qildi: 354 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!