Bugun 9 may, 2025 yil, juma

КИР

AQSh "USAIDda faqat 294 nafar xodim qoladi"

AQSh "USAIDda faqat 294 nafar xodim qoladi"

AQSh prezidenti Donald Tramp ma’muriyati Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) xodimlarining butun dunyo bo‘ylab 10 mingdan ortiq kishidan faqat kichik qismini saqlab qolish niyatida, deb xabar beradi BBC.

Faqat 294 kishi o‘z o‘rinlarini saqlab qoladi.

Xususan, agentlik 30 baravardan ortiq qisqartirilgach, Afrika byurosida atigi 12 kishi, Osiyo byurosida esa sakkiz kishi qoladi, deya xabar beradi Reuters to‘rtta manbaga tayanib.

USAIDning ba’zi xodimlari ishdan bo‘shatish to‘g‘risida bildirishnomalarni olishni boshlagan.

Shu hafta agentlik saytida USAIDning deyarli barcha xodimlari juma kuni butun dunyo bo‘ylab ma’muriy ta’tilga chiqarilishi haqida xabardor etildi.

USAID va xorijiy yordam dasturlari to‘xtatilgan va agentlik amalda AQSh Davlat departamenti nazoratiga o‘tgan.

Kiritildi: 12:40 07.02.2025. O'qildi: 776 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!