Bugun 31 mart, 2025 yil, dushanba

КИР

AQSh ukrainalik bolalarini qidirish dasturini yopishni kechiktirdi, ma’lumotlar Europol'ga topshiriladi

AQSh ukrainalik bolalarini qidirish dasturini yopishni kechiktirdi, ma’lumotlar Europol'ga topshiriladi

Bu haqida The Washington Post xabar berdi.

Gazetaning xabar berishicha, AQShda Rossiyaga olib ketilgani taxmin qilinayotgan ukrain bolalarini kuzatish bo‘yicha The Conflict Observatory tashabbusini moliyalashtirish yana olti haftaga uzaytirildi. Shu muddat ichida yig‘ilgan ma’lumotlar Yevropa Ittifoqining polisiya xizmati Europol'ga topshiriladi.

Loyiha doirasida Rossiya va uning nazoratidagi Ukraina hududlarida yo‘qolgan deb hisoblangan bir necha ming ukrainlik bolalarining shaxsiy ma’lumotlari va joylashuvi haqida ma’lumot to‘plangan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, tashabbus AQSh hukumat samaradorligi departamenti (DOGE) tomonidan tejamkorlik dasturi doirasida tugatilgan. Ushbu departamentni Ilon Mask boshqarib kelmoqda.

Kiritildi: 15:30 28.03.2025. O'qildi: 534 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!