Bugun 11 yanvar, 2025 yil, shanba

КИР

AQSh Ukrainaga navbatdagi harbiy yordamni jo‘natadi

AQSh Ukrainaga navbatdagi harbiy yordamni jo‘natadi

Vashington Kiyevga yangi harbiy yordam paketi ajratishi e’lon qilindi. Ayni miqdor 500 million dollarni tashkil etadi. Bu haqda Amerika Qo‘shma Shtatlari mudofaa vaziri Lloyd Ostin lavozimini tark etishdan oldin oxirgi marta Ukraina mudofaasi bo‘yicha aloqa guruhi - “Ramshteyn” formatidagi uchrashuvga rahbarlik qilish uchun Germaniyaga kelganda bayonot berdi.

- Bu galgi ko‘mak to‘plamidan havo mudofaasi uchun ko‘proq raketa va Ukrainadagi F-16 samolyotlarini qo‘llab-quvvatlashda qo‘shimcha havo-er qurilmalari va boshqa jihozlar o‘rin oladi, - dedi Ostin. - Ramshteynda biz Ukrainada erkin va xavfsiz yashash, yanada adolatli, munosib hayot yaratish uchun qo‘limizdan keladigan barcha ishni qilishga so‘z berdik. Birgalikdagi ishimizni davom ettirishimiz kerak. Asosiy haqiqat shuki, Ukrainaning kurashi barcha ittifoqchilar uchun muhim. Mazkur guruhni boshqarish mening hayotim, faoliyatimdagi eng muhim, sharafli vazifalardan biri bo‘ldi.

Kiritildi: 23:48 10.01.2025. O'qildi: 365 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!