AQSh Mudofaa vazirligi Ukrainaga 275 million dollarlik yangi harbiy yordam paketini yuboradi. Bu haqida Associated Press xabar berdi.
To‘plam tarkibi bo‘yicha batafsil ma’lumotlar hozircha e’lon qilinmagan. AQSh Davlat departamenti Ukrainaga 100 million dollarlik mudofaa uskunalari va xizmatlarini sotishga ruxsat bergan. Bu transport vositalarini kapital ta’mirlash, texnik qo‘llab-quvvatlash, o‘qitish va «logistikaning boshqa tegishli jihatlari»ni ham o‘z ichiga oladi.
Bundan tashqari, Vashington va Kiyev Ukraina uchun 20 milliard dollarlik kredit shartlari bo‘yicha muzokaralarning «ilg‘or bosqichi»da turibdi. Kreditni to‘lash Rossiyaning Ukrainaga bosqinidan so‘ng muzlatilgan Rossiya Markaziy banki aktivlari hisobidan amalga oshiriladi.
Associated Press bilan suhbatlashgan ikki manbaga ko‘ra, AQShning amaldagi prezidenti Jo Bayden ma’muriyati jarayonni yil oxirigacha yakunlashga intilmoqda.