Bugun 17 aprel, 2026 yil, juma

КИР

AQSh Ukraina bilan razvedka ma’lumotlarini bo‘lishishda davom etadi

A A A
AQSh Ukraina bilan razvedka ma’lumotlarini bo‘lishishda davom etadi

Oq uy xabariga ko‘ra, AQSh prezidenti Donald Tramp va Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy o‘rtasidagi telefon muloqoti davomida Qo‘shma Shtatlar tomoni Ukraina AESlarini Vashington nazorati ostiga o‘tkazish taklifini ilgari surgan. Bu qaror "xavfsizlikni ta’minlash maqsadida" taklif etilgani ta’kidlangan.

Shuningdek, Oq uy matbuot kotibi Kerolayn Livittning ma’lum qilishicha, Donald Tramp ukrainalik bolalarni o‘z uylariga qaytarish majburiyatini olgan. Zelenskiyning Ukraina havo mudofasini kuchaytirish bo‘yicha iltimosiga javoban, AQSh prezidenti unga Yevropa davlatlaridan qo‘shimcha havo hujumidan mudofaa tizimlarini olib berishda yordam ko‘rsatishini va’da bergan.

Kiritildi: 15:07 20.03.2025. O'qildi: 855 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!