Bugun 24 iyun, 2024 yil, dushanba

КИР

AQSh suvosti kemasi respublika suvlariga taklifnomasiz kirdi

AQSh suvosti kemasi respublika suvlariga taklifnomasiz kirdi

AQShning USS Helena suvosti kemasi Kuba hududiy suvlariga tegishli taklifnomasiz kirdi. Bu haqda respublika tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Karlos Fernandes de Kossio Domingesga tayanib, “TASS” xabar berdi.

“Biz ularning borligi haqida bilardik, chunki uzoq yillardan beri kuzatib kelayotgan presedentlarga ko‘ra, AQSh bizni oldindan xabardor qilgan. Ammo hududimizda Kubaga nisbatan rasmiy dushmanlik siyosatini yurituvchi davlatga tegishli bunday turdagi uskunalarning mavjudligi va suvlarimiz orqali harakatlanishi bizga yoqmasligi aniq. Mamlakatga harbiy-dengiz kuchlarining tashrifi taklifnoma bo‘yicha amalga oshishi kerak, bu unday vaziyat emas. Kuba xalqining irodasiga qarshi xorij hukumati tomonidan mamlakatimizning qabul qilib bo‘lmaydigan bosib olinishini unutmaslik kerak. Bu noqonuniy harbiy ishg‘ol va farq ham shunda”, — dedi Kuba tashqi ishlar vaziri.

Kuba rasmiylarining fikricha, Qo‘shma Shtatlar hozirda suvosti kemasi joylashgan Guantanamo provinsiyasini noqonuniy ravishda egallab olgan. Bu provinsiyada 2002 yilda qamoqxona tashkil etilgan Amerika harbiy-dengiz bazasi joylashgan.

Kiritildi: 00:30 16.06.2024. O'qildi: 4504 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!