Bugun 2 iyul, 2025 yil, chorshanba

КИР

AQSh Suriya prezidenti Ahmad ash-Shar’a va “Hay’at Tahrir ash-Shom” guruhining terrorchilik maqomini qayta ko‘rib chiqadi

AQSh Suriya prezidenti Ahmad ash-Shar’a va “Hay’at Tahrir ash-Shom” guruhining terrorchilik maqomini qayta ko‘rib chiqadi

Prezident Donald Tramp AQSh davlat kotibi Marko Rubioga Suriyaning muvaqqat prezidenti Ahmad ash-Shar’a va “Hay’at Tahrir ash-Shom” (HTSh) guruhiga berilgan “terrorchilik tashkiloti” maqomini ko‘rib chiqishni buyurdi.

Shuningdek, Tramp ash-Shar’a rahbarlik qilayotgan HTShning “xorijdagi terrorchi tashkilot” sifatidagi maqomini ham ko‘rib chiqishni buyurdi.

Suriyaning hozirgi prezidenti Ahmad ash-Shar’a boshchilik qilgan guruh, dastlab “Al-Nusra”, deb nomlangan hamda “Al-Qoida” terrorchilik tashkilotining qanoti bo‘lgan. Keyinroq, ash-Shar’a 2016 yilda bu guruh bilan aloqalarni uzgan. Shundan so‘ng ular boshqa isyonchi guruhlar bilan qo‘shilib, “Hay’at Tahrir ash-Shom”ni tashkil qilgan. Ahmad ash-Shar’a, 2024 yil dekabr oyida Bashar Asadni ag‘darishga rahbarlik qilgan isyonchilar hujumidan avval, Idlibdagi guruhlarning norasmiy yetakchisi bo‘lgan.

Kiritildi: 17:07 01.07.2025. O'qildi: 323 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!