Ilon Mask Tesla o‘z aksiyalarini unga ajratgani (hozirda ularning qiymati 56 milliard dollarga baholanmoqda) bilan bog‘liq sudda yutqazdi. Sud, Tesla aksiyadorlari uning tovon pulini 2018 yilda ma’qullaganiga qaramay, Maskning bu to‘lovga haqli emasligi haqida qaror chiqardi. Qaror yanvar oyida chiqarilgan xuddi shunday hukmni tasdiqladi.
Sud, Tesla aksiyadorlari Maskning bunday katta kompensasiya paketini kelishib olgan direktorlar kengashi a’zolari bilan aloqalari haqida to‘liq ma’lumot olmaganini aniqladi. Bu esa, sudyaning fikricha, aksiyadorlarni asosli qaror qabul qilish imkoniyatidan mahrum qilgan. Da’vo bilan murojaat qilgan da’vogar shartnomani bekor qilishni talab qilgan va sud uning tarafini olgan.
Maskning ulushi dastlab 2,6 milliard dollarga baholangan edi, biroq Tesla aksiyalari narxining oshib borishi tufayli uning narxi 2023 yilga kelib 56 milliard dollarga etadi. Endi xarajat 100 milliard dollardan oshishi mumkin. Sud qaroriga qaramay, Tesla hali ham qaror ustidan shikoyat qilish imkoniyatiga ega.
Hatto bu ulushsiz ham Ilon Mask dunyodagi eng boy odam bo‘lib qolmoqda. Uning boyligi SpaceX kabi muvaffaqiyatli loyihalar tufayli o‘sishda davom etmoqda.