AQSh Senati Trampning Kongress roziligisiz Venesuelaga qarshi qo‘shimcha harbiy choralar ko‘rishini oldini olish uchun ovoz berdi, deb yozmoqda Clash Report.
"AQSh Kongressi Senati 8 yanvar kuni ovoz berish jarayonida tegishli qarorni qabul qildi. Mazkur rezolyusiyani qo‘llab-quvvatlab 52 senator ovoz berdi, 47 nafari esa unga qarshi chiqdi", deya xabar bermoqda telekanal.
Rezolyusiya AQSh prezidenti Donald Trampga Kongress roziligisiz Venesuelada harbiy harakatlar olib borish uchun AQSh Qurolli kuchlaridan foydalanishni taqiqlaydi.
Qo‘shma Shtatlar Senati bunday harakatni Tramp ma’muriyati Venesuelada harbiy opersiya o‘tkazib, Venesuela yetakchisi Nikolas Maduroni qo‘lga olganidan qariyb bir haftadan o‘tib amalga oshirdi.