Bugun 21 sentyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

AQSh samolyoti jirafa bilan to‘qnashib ketdi

A A A
AQSh samolyoti jirafa bilan to‘qnashib ketdi

Amerikalik sayyohlarni olib ketayotgan samolyot Keniya shimolidagi qo‘riqxonaga qo‘nayotganda jirafa bilan to‘qnashib ketdi.

Bu haqda mahalliy KahawaTungu internet nashri xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, bitta dvigatelli samolyotning uchuvchisi va besh yo‘lovchisi jabrlanmagan, biroq jirafa samolyot parvonasidan olgan jarohatlar tufayli vafot etgan.

"Uchuvchi samolyotni uchish-qo‘nish yo‘lagi bo‘ylab ketayotganida, ikki jirafa butalardan yugurib chiqib, qo‘nish trayektoriyasini kesib o‘tib, to‘qnashuvga sabab bo‘ldi”, — deb yozadi nashr.

Ikkinchi jirafa uchish-qo‘nish yo‘lagini kesib o‘tib, qochishga muvaffaq bo‘ldi. Polisiya va Keniya fuqaro aviasiyasi boshqarmasi hodisa yuzasidan tergov olib bormoqda.

Kiritildi: 06:51 09.08.2025. O'qildi: 1574 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!