Bugun 21 dekabr, 2024 yil, shanba

КИР

AQSh Ruminiyaga 7,2 milliard dollarlik F-35 qiruvchi samolyotlarini sotishni ma’qulladi

AQSh Ruminiyaga 7,2 milliard dollarlik  F-35 qiruvchi samolyotlarini sotishni ma’qulladi

AQSh administrasiyasi Ruminiyaga 32 ta yangi turdagi F-35 qiruvchi samolyotlarini sotishni ma’qulladi. AQShning Buxarestdagi elchixonasiga ko‘ra, Ukraina bilan chegaradosh bo‘lgan Ruminiya «Qora dengiz mintaqasida xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlashga yordam beradigan NATOning markaziy ittifoqchilaridan» hisoblanadi.

Amerika diplomatik vakolatxonasining qayd etishicha, Ruminiya Lockheed Martin harbiy korporasiyasi tomonidan ishlab chiqariladigan ko‘p maqsadli qiruvchi samolyotlarni olish orqali «havo hujumidan mudofaa yo‘nalishida misli ko‘rilmagan salohiyatga» ega bo‘ladi. Qiruvchi samolyotlarning dastlabki partiyasi Ruminiyaga 2031 yilda yetkazib berish rejalashtirilgan.

AQSh Davlat departamentining ma’lumotlariga ko‘ra, shartnomaning umumiy qiymati 7,2 milliard dollarni tashkil etadi. AQShning Buxarestdagi elchixonasi esa 6,4 milliard dollarlik shartnoma tuzilganini aytmoqda. Raqamlardagi nomutanosiblik sababi hozircha noma’lum.

Buxarest F-35 qiruvchilarini sotib olish istagini o‘tgan yili bildirgan edi. Bu mamlakat qurolli kuchlari tarixidagi eng qimmat xaridga aylanadi.

NATO va Yevroittifoq a’zosi bo‘lgan Ruminiya shimol hamda sharqda Ukraina bilan chegaradosh. Ukraina, Moldova, Rossiya, Gruziya, Turkiya va Bolgariya bilan birga Ruminiya ham Qora dengizga chiqa oladi.

Kiritildi: 09:25 15.09.2024. O'qildi: 864 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!