AQSh Moliya vazirligi rahbari Janet Yellen mamlakatning neft sotishdan tushadigan daromadlarini minimallashtirish maqsadida Qo‘shma Shtatlar Rossiyaga nisbatan cheklov choralarini joriy etishda davom etishini aytdi. Bu haqda "Reuters" xabar bermoqda.
"Bir nechta imkoniyat bor. Biz sanksiyalarni e’lon qilmaymiz, lekin biz doimo neft daromadlariga qaraymiz", - dedi Yellen.
Uning so‘zlariga ko‘ra, u rahbarlik qilayotgan vazirlikning vazifalari ro‘yxati Rossiya neftini sotishdan tushadigan daromadlarni yanada kamaytirish yo‘llarini izlashdan iborat.
Mumkin bo‘lgan chora-tadbirlardan biri Rossiya Federasiyasidan neft narxini pasaytirishdir.
Avvalroq Serbiya prezidenti Aleksandr Vuchich Qo‘shma Shtatlar Serbiya neft sanoatiga qarshi sanksiyalar kiritmoqchi ekanini aytgandi.