Bugun 1 iyun, 2025 yil, yakshanba

КИР

AQSh Rossiya neftiga narx cheklovini pasaytirish zaruriyatiga hali ishongani yo‘q — Reuters

AQSh Rossiya neftiga narx cheklovini pasaytirish zaruriyatiga hali ishongani yo‘q — Reuters

Agentlikning yevropalik manbasiga ko‘ra, Kanadada bo‘lib o‘tayotgan G7 davlatlari moliya vazirlari uchrashuvi doirasida AQSh Moliya vazirligi vakillari neft narxlari allaqachon pasayib, Rossiyaga zarar yetkazayotgani haqida fikr bildirgan. Biroq, bu masaladagi muhokamalar hali davom etmoqda.

Avvalroq Yevropa Ittifoqi Rossiya neftiga qo‘yilgan narx chegarasini 50 dollar atrofida qayta ko‘rib chiqishni taklif qilgan edi. Ukraina esa bu narxni yanada pasaytirib, 30 dollargacha tushirishni talab qilmoqda.

22 may kuni Brent markali neft fyucherslari bir barrel uchun taxminan 64 dollar atrofida savdoga qo‘yilgan edi.

Kiritildi: 10:23 23.05.2025. O'qildi: 756 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!