Vashington bu masala Ukrainadagi sulhdan keyingina ko‘rib chiqilishi mumkinligini bildirdi. Bu haqda Rossiya prezidenti yordamchisi Yuriy Ushakov «Rossiya-1» telekanaliga ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Amerika tomoni Ukraina masalasi bo‘yicha ilg‘orlash kutmoqda va shundan keyingina aviaqatnovlar haqida gapirishni ma’qul ko‘rmoqda.