AQSh Registon maydoni arxitekturasini saqlab qolish uchun 500 ming dollar ajratdi.
13 noyabr kuni Vashingtonda bo‘lib o‘tgan AQSH-O‘zbekiston strategik sheriklik muloqotida Davlat departamenti Samarqand shahridagi Registon maydonidagi arxitektura konservasiyasi ishlari uchun 500 ming dollar mablag‘ ajratilishini e’lon qilgan.
Moliyalashtirish "AQSh elchilarining madaniy merosni asrash" jamg‘armasi orqali beriladi.