2024 yilning yozida amerikalik tahlilchilar jurnalistlarga Rossiya yaqin oylarda Ukrainada sezilarli muvaffaqiyatga erisha olmasligini aytishgan edi. Chunki yomon tayyorgarlikdan o‘tgan rus qo‘shinlari Ukraina mudofaasini yorib o‘tishga qiynalayotgan edi.
The New York Times'ning xabar berishicha, bu tahlil noto‘g‘ri chiqdi. Hozirda Rossiya qo‘shinlari Ukraina sharqida oldinga siljib, ukrainaliklar tomonidan egallangan Kursk viloyatidagi hududning uchdan birini qaytarib olgan. Shuningdek, Rossiya Ukrainaga qarshi dronlar bilan zarbalar sonini ko‘paytirdi — iyulda 350 zarbadan avgustda 750 taga, sentyabrda esa 1500 ga yetkazilgan.
Bu AQSh razvedkasi va harbiy amaldorlarining Ukrainaning Rossiya armiyasining oldinna siljishini to‘xtatish qobiliyatiga nisbatan pessimistik qarashlariga sabab bo‘lgan.