Bugun 25 dekabr, 2024 yil, chorshanba

КИР

Rossiya sudi Google kompaniyasini 20 000 000 000 000 000 000 000 000 000 000 000 dollar jarimaga tortdi

Rossiya sudi Google kompaniyasini 20 000 000 000 000 000 000 000 000 000 000 000 dollar jarimaga tortdi

Rossiya Google'ni butun dunyo pulidan ko‘ra ko‘proq jarimaga tortdi.

Rossiya sudi Google kompaniyasini Youtube'dagi Rossiya davlat media kanallarini cheklagani uchun ikki undesillion rubl (ikkisi va undan keyin 36 nol) miqdorida jarimaga tortdi.

Dollar bilan aytganda, bu texnologiya gigantiga 20,000,000,000,000,000,000,000,000,000,000,000 to‘lash kerakligi aytilgan.

Dunyoning eng boy kompaniyalaridan biri bo‘lishiga qaramay, Google qiymati 2 trillion dollardan yuqoriroq.

Aslida, bu Xalqaro valyuta jamg‘armasi tomonidan 110 trillion dollar deb baholangan jahon yalpi ichki mahsulotidan ancha yuqori.

Jarima juda katta darajaga yetdi, chunki - Tass davlat axborot agentligi ta’kidlaganidek - bu doimo tez sur’atda o‘sib bormoqda.

Tass xabariga ko‘ra, Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskov «bu raqamni hatto talaffuz qila olmasligini» tan oldi, lekin Google rahbariyatini e’tiborga olishga» chaqirdi.

Kiritildi: 23:12 01.11.2024. O'qildi: 7683 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!