Bugun 4 may, 2026 yil, dushanba

КИР

AQSh qo‘shinlarining Germaniyadagi kamayishi Mers va Trampning kelishmovchiligi bilan bog‘liqmi?

AQSh qo‘shinlarining Germaniyadagi kamayishi Mers va Trampning kelishmovchiligi bilan bog‘liqmi?

Germaniya kansleri Fridrix Mers AQShning Germaniyadagi harbiy ishtirokini qisqartirish qarori uning prezident Donald Tramp bilan Eron borasidagi kelishmovchiliklari bilan bog‘liq degan taxminlarni rad etdi.

Mers bu bayonotni Germaniyaning ARD jamoat telekanaliga bergan intervyusida aytdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Berlin Amerika prezidenti bir qator xalqaro masalalarda boshqacha pozisiyaga ega bo‘lishi mumkinligini hisobga olishi kerak. Biroq, kansler bu AQShning Germaniya va NATO uchun strategik ahamiyatini inkor etmasligini ta’kidladi.

"Men Amerika prezidenti bu masalalarga bizdan boshqacha qarashini qabul qilishim kerak. Ammo bu AQSh biz uchun muhim sherik bo‘lib qolishiga bo‘lgan ishonchimni o‘zgartirmaydi", dedi Mers.

Avvalroq kansler Vashingtonning Eron atrofidagi vaziyatga yondashuvini tanqid qilib, Tramp ma’muriyatining Yaqin Sharq inqirozini hal qilish bo‘yicha aniq rejasi bor-yo‘qligini shubha ostiga qo‘ygan edi. Bunga javoban AQSh prezidenti Mersni "samarasiz" rahbar deb atadi.

Shu fonda Pentagon Germaniyadagi Amerika kontingentini 5000 askarga qisqartirish rejasini e’lon qildi. Biroq, Germaniya AQSh kuchlari uchun eng yirik Yevropa bazasi bo‘lib qolmoqda.

Ushbu qaror Tramp bilan bo‘lgan ommaviy nizosi bilan bog‘liqmi yoki yo‘qmi degan savolga javoban Mers: "Hech qanday bog‘liqlik yo‘q", dedi.

Kiritildi: Bugun 10:50. O'qildi: 281 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!