Bugun 16 yanvar, 2025 yil, payshanba

КИР

AQSh Qimmatli qog‘ozlar komissiyasi (SEC) Ilon Maskni sudga berdi

AQSh Qimmatli qog‘ozlar komissiyasi (SEC) Ilon Maskni sudga berdi

Kolumbiya okrugi sudiga taqdim etilgan davoga ko‘ra, Mask Twitter'ni sotib olishidan oldin kompaniya aksiyalariga egalik qilishini oshkor qilmagan. SEC biznesmendan noqonuniy olingan daromadlarni foizlari bilan qaytarishni talab qilmoqda.

The New York Times'ning yozishicha, Ilon Mask Twitter aksiyalarini 2022 yilning yanvar oxirida sotib olishni boshlagan va mart o‘rtalariga kelib uning aksiyalari 5 foizlik chegara darajasiga yetgan. Qonunchilikk ko‘ra, bu chegaradan oshgandan keyin ma’lumotni oshkor qilish talab etiladi, biroq Mask buni o‘z vaqtida bajarmagan. Shundan keyin u yana aksiyalarni sun’iy ravishda pasaytirilgan narxlarda sotib olgan va komissiya hisob-kitobiga ko‘ra, kamida 150 million dollarlik to‘lovlardan qochgan.

Maskning advokati Aleks Spiro da’voni "yolg‘on" deb atadi va komissiyaning biznesmenga qarshi ish qo‘zg‘atishining imkoni yo‘qligini ta’kidladi.

Kiritildi: 18:02 15.01.2025. O'qildi: 364 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!