Oq uy "Mariya" to‘fonidan keyin Puerto-Riko infratuzilmasini tiklash uchun rekord darajada 13 milliard dollar ajratish niyati borligini e’lon qildi, deb xabar berdi "Ukrinform".
Ta’kidlanishicha, 2017 yilda bo‘lib o‘tgan to‘fon hududga katta zarar yetkazgan.
"Bu Federal favqulodda vaziyatlarni boshqarish agentligi tarixidagi tabiiy ofatlarni bartaraf etish uchun ajratilgan eng katta yordamdir", deydi Oq uy vakili Kelli Makenani.
Ma’lum qilinishicha, ushbu mablag‘ning taxminan 9,6 milliardi mamlakat elektr tizimini ta’mirlashga, 2 milliarddan ortig‘i esa maktablar va boshqa ta’lim muassasalarini qayta tiklashga sarflanadi.