5 noyabr kuni bo‘lib o‘tadigan AQSh prezidentlik saylovlarida 50 milliondan ortiq amerikalik muddatidan oldin ovoz berdi.
Bu haqda Axios portali Florida universitetining muddatidan oldin ovoz berish tizimi ma’lumotlariga asoslanib xabar bermoqda.
E’lon qilingan ma’lumotlarga ko‘ra, bu saylovchilarning taxminan 39 foizi ro‘yxatga olingan demokratlar, taxminan 36 foizi esa ro‘yxatga olingan respublikachilardir. Bundan tashqari, saylovchilarning 41 foizi 65 yoshdan oshganlardir.
Portalning qayd etishicha, 2020 yilgi saylovda bor-yo‘g‘i 100 mingga yaqin saylovchi muddatidan avval shaxsan yoki pochta orqali ovoz bergan.