Bugun 19 sentyabr, 2024 yil, payshanba

КИР

AQSh prezidentligiga nomzod Tramp foydasiga o‘z nomzodidan voz kechdi

AQSh prezidentligiga nomzod Tramp foydasiga o‘z nomzodidan voz kechdi

AQSh prezidentligiga mustaqil nomzod kichik Robert Kennedi Arizonadagi chiqishi chog‘ida o‘z nomini shtatlarda saylov byulletenidan olib tashlashini, lekin poygada qolishini aytdi. Bu haqda RIA Novosti xabar qilmoqda.

Uning tushuntirishicha, agar u spoyler (g‘alaba qozonish imkoniyati yo‘q, lekin ovozlarning bir qismini tortib oladigan nomzod) bo‘lib qolsa, avvalroq o‘z nomzodini qaytarib olishga va’da bergan edi. Uning qo‘shimcha qilishicha, u hozirgi tizimda g‘alaba qozonishiga ishonmaydi.

Shuningdek, u Demokratik partiyaning g‘alaba qozonish imkoniyatlarini oshirishni istamasligini, uning fikricha, partiya jurnalistlar va ijtimoiy tarmoqlarni senzura qilayotganini hamda unga va respublikachi nomzod Donald Trampga qarshi choralar ko‘rayotganini ta’kidladi.

Nomzodning aytishicha, u adolatli tizimda, ochiq munozaralar va mustaqil ommaviy axborot vositalari bilan g‘alaba qozonishi mumkin.

Bundan tashqari, kichik Kennedi Trampni Ukraina inqirozi bo‘yicha Rossiya yetakchisi Vladimir Putin bilan muzokaralar olib borishga tayyorligi tufayli qo‘llab-quvvatlashga qaror qilganini tushuntirdi.
Bungacha Donald Tramp agar u poygadan chiqishga va uni qo‘llab-quvvatlashga qaror qilsa, uning ma’muriyatiga kichik Robert Kennedi nomzodini ko‘rib chiqishga tayyorligini bildirgan edi.

Kiritildi: 01:16 24.08.2024. O'qildi: 1733 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!