Bugun 20 noyabr, 2024 yil, chorshanba

КИР

AQSh prezidenti Ukrainaga piyodalarga qarshi minalar yetkazib berilishini ma’qulladi

AQSh prezidenti Ukrainaga piyodalarga qarshi minalar yetkazib berilishini ma’qulladi



Jo Bayden yaqinda Ukrainaga piyodalarga qarshi minalar yetkazib berish bo‘yicha hujjatni imzolaydi, deb yozadi The Washington Post ism-sharifi oshkor etilmagan ikki amerikalik rasmiyga tayanib. Nashr suhbatdoshlaridan biri ta’kidlaganidek, ushbu o‘q-dorilardan foydalanish Ukraina hududi bilan cheklangan. Bunday minalar vaqt o‘tishi bilan o‘z-o‘zini yo‘q qiladi yoki akkumulyator quvvatini yo‘qotib, nofaol bo‘lib qoladi, bu esa tinch aholi uchun xavfni kamaytiradi, deb yozadi WP.

AQSh Mudofaa vazirligi bunday o‘q-dorilarni yetkazib berish Rossiya armiyasining hujumini to‘xtatish uchun eng samarali qadamlardan biri ekanligiga ishonchi komil, deya tushuntirdi gazeta suhbatdoshlari. Ularning so‘zlariga ko‘ra, Oq uy Rossiyaning so‘nggi haftalarda Ukrainaning frontdagi pozisiyalariga qilgan hujumlaridan nihoyatda xavotirda va Rossiya kuchlarining oldinga siljishini sekinlashtirish zarurligini ko‘rmoqda.

So‘nggi kunlarda Vashingtonning Kiyevga harbiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha bir qancha qarorlari ma’lum bo‘ldi. Ikki oydan so‘ng Bayden o‘rniga Ukrainaga ko‘rsatilayotgan yordam ko‘lamini tanqid qilgan va urushni 24 soat ichida tugatishga va’da bergan Tramp keladi, garchi u qanday qilib tushuntirmagan bo‘lsada. Tramp, shuningdek, Ukraina xalqaro tan olgan hududining bir qismidan voz kechishi kerakligini, bu esa jangovar harakatlarni tugatishga hissa qo‘shishini aytdi.

Kiritildi: Bugun 15:27. O'qildi: 233 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!