AQSh Prezidenti Jo Bayden va Qatar Amiri Tamim Bin Hamad Al-Taniy Jidda shahrida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda mudofaa sohasidagi hamkorlikni kengaytirishga tayyorliklarini tasdiqladi. Bu haqda Oq uy ma’muriyati xabar berdi.
Davlat rahbarlari “mintaqaviy va global muammolarga javob berishda hamkorlikni davom ettirish, shuningdek, mudofaa va xavfsizlik sohasidagi ish birligini chuqurlashtirish niyatini bildirdilar”.
Shuningdek, Qatarning futbol bo‘yicha jahon chempionatiga tayyorligi haqida ham so‘z bordi.
Bayden “Qatarning afg‘onlar manfaati yo‘lida xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlashdagi rolini qadrlashini” aytdi.
Amerika yetakchisi Jiddada Quvayt valiahd shahzodasi Mashaal Al-Ahmad as-Saboh bilan ham ko‘rishdi. Ular “bir qator mintaqaviy muammolarga javob berish uchun birga ishlash zarurligini” e’tirof etdilar.