AQSh Polshadagi harbiy bazalarda infratuzilmani rivojlantirish uchun 500 million dollar ajratadi.
Bu haqda Polsha mudofaa vaziri o‘rinbosari Sezariy Tomchik ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida yozdi.
"AQSh hukumati Polshadagi to‘rtta baza – Dravsko-Pomorskom, Povidze, Vroslave i Laskdagi bazalar uchun 500 million dollardan ortiq sarmoya rejasini tasdiqladi”, — deyiladi nashrda.
Polsha hukumati 2035 yilgacha mamlakatdagi AQSh harbiy ob’ektlariga har yili 250 million dollar sarflash majburiyatini oldi.
Hozirda Polshada 10 000 dan ortiq amerikalik harbiylar joylashgan. AQSh 2022 yil fevral oyida mamlakatdagi harbiy kontingentini ikki barobarga oshirdi. Ilgari uning soni 5000 nafarni tashkil qilgan edi.