Amerikaning Nyu-Meksiko shtatidagi Las-Kruss shahridagi bog‘da sodir bo‘lgan otishmada 3 kishi halok bo‘ldi, 14 kishi yaralandi.
Bu haqda ABC News xabar bermoqda.
"Marhumlar ikki nafar 19 yoshli yigit va bir nafar 16 yoshli o‘smir... Jarohatlanganlarning yoshi 16 yoshdan 36 yoshgacha", — deyiladi telekanal polisiyaga tayanib.
Voqea sodir bo‘lgan joyda tergovchilar ishlamoqda. Park va unga olib boradigan yo‘llar yopiq.
Telekanal ma’lumotlariga ko‘ra, polisiya hozircha gumonlanuvchilarning shaxsini aniqlamagan.