Bugun 25 iyul, 2025 yil, juma

КИР

AQSh Oliy sudi noqonuniy muhojirlarni deportasiya qilishni ma’qulladi

A A A
AQSh Oliy sudi noqonuniy muhojirlarni deportasiya qilishni ma’qulladi

Qo‘shma Shtatlar Oliy sudi Boston okrug sudining noqonuniy muhojirlarni uchinchi davlatlarga deportasiya qilishni to‘xtatish haqidagi qarorini bekor qildi.

Mamlakat ichki xavfsizlik vazirligi sudning bu qarorini olqishladi. Vazirlik Oliy sud qarorini "Amerika xalqining himoyasi va xavfsizligi uchun g‘alaba" deya baholadi.

"Endi xodimlarimiz hujjatlari bo‘lmagan muhojirlarni “ularni qabul qilishga tayyor bo‘lgan mamlakatlar”ga deportasiya qilishlari mumkin", deyiladi AQSh Ichki xavfsizlik vazirligi bayonotida.

Noqonuniy immigrasiyaga qarshi kurash Trampning asosiy saylovoldi va’dalaridan biri edi. The Washington Post gazetasining xabar berishicha, prezident bir yil ichida Qo‘shma Shtatlardan 1 million muhojirni deportasiya qilishni rejalashtirmoqda.

Kiritildi: 20:45 24.06.2025. O'qildi: 765 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!