Bugun 14 fevral, 2026 yil, shanba

КИР

AQSh Norvegiyada “Gavana sindromi” bilan bog‘liq qurilmani sinovdan o‘tkazgan

AQSh Norvegiyada “Gavana sindromi” bilan bog‘liq qurilmani sinovdan o‘tkazgan

The Washington Post ma’lumotiga ko‘ra, AQSh Markaziy razvedka boshqarmasi (MRB) va Pentagon Norvegiyada “Gavana sindromi” bilan bog‘liq maxfiy qurilmani tekshirgan.

Nashr manbalariga tayanib xabar berishicha, Norvegiya hukumatiga aloqador olim kuchli mikroto‘lqin energiya impulslarini chiqara oladigan qurilma yaratgan. U 2024 yilda uni o‘zida sinab ko‘rgan va “Gavana sindromi”ga o‘xshash alomatlarni his qilgan. Olimning shaxsi oshkor etilmagan.

Hisobotga ko‘ra, 2024 yilda Pentagon delegasiyasi qurilmani baholash uchun Norvegiyaga borgan. Shu yil dekabrida esa razvedka va Oq uy rasmiylari ham ushbu masala yuzasidan muzokaralar o‘tkazgan.

Biroq sinov natijalari bilan tanish shaxslar norvegiyalik olim boshdan kechirgan ta’sirlar klassik “Gavana sindromi”dan farq qilishini ta’kidlagan. Shuningdek, bu holat mazkur sindrom chet el dushmanlari tomonidan maxfiy qurol qo‘llanganini isbotlamasligi aytilgan.

Oq uy Milliy xavfsizlik kengashida biotahdidlar masalasini boshqargan sobiq amaldor, general Pol Fridrixsning fikricha, yo‘naltirilgan energiya qurollari inson salomatligi uchun turli xavflar tug‘dirishi mumkinligi haqida ishonchli dalillar mavjud.

Kiritildi: Bugun 21:58. O'qildi: 137 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!