Bugun 11 yanvar, 2025 yil, shanba

КИР

AQSh Nikolas Maduroni qo‘lga olishga yordam beradigan ma’lumot uchun $25 mln pul mukofotini e’lon qildi

AQSh Nikolas Maduroni qo‘lga olishga yordam beradigan ma’lumot uchun $25 mln pul mukofotini e’lon qildi

Maduro 2024 yilgi saylovlarda mag‘lub bo‘lgan va Venesuela prezidenti lavozimiga da’vogarlik qilish huquqiga ega emas, deb bayonot berdi AQSh davlat kotibi Entoni Blinken.

Ushbu bayonot Maduroning uchinchi muddatga qasamyod qilgan marosimidan keyin e’lon qilindi. Blinken mazkur tadbirni "noqonuniy inaugurasiya" deb atadi va AQShning qonuniy saylangan prezident sifatida muxolifat nomzodi Edmundo Gonsales Urrutiani tan olish pozisiyasini tasdiqladi. Urrutia hozirda horijda istiqomat qilmoqda.

Blinkenning so‘zlariga ko‘ra, Maduro yoki uning ichki ishlar vaziri Diosdado Kabelyoning qo‘lga olinishi yoki sudlanishiga olib keladigan ma’lumot uchun maksimal mukofot miqdori $25 mln etib belgilandi. Shuningdek, Venesuela mudofaa vaziri Vladimir Padrino Lopes haqidagi ma’lumot uchun $15 mln taklif qilinmoqda.

Ushbu uchala mukofot 2020 yil mart oyida AQSh tomonidan qo‘yilgan giyohvand moddalar savdosi ayblovlari bilan bog‘liq, ular Maduroning ilk bor qayta saylanganidan ikki yil o‘tgandan so‘ng e’lon qilingan edi.

Kiritildi: Bugun 12:26. O'qildi: 480 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!