AQSh Qurolli Kuchlari Yaqin Sharqda mudofaa pozisiyasini egallamoqda, Vashington Eron atrofidagi vaziyatni tinch yo‘l bilan hal qilishga intilmoqda.
Bu haqda AQSh mudofaa vaziri Pit Xegset Fox News telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.
"Biz mintaqada mudofaa pozisiyasini egallab, tinchlik kelishuviga erishmoqchimiz. Va biz, albatta, bu amalga oshishiga umid qilamiz", dedi u.
Pentagon rahbarining qo‘shimcha qilishicha, AQSh prezidenti Donald Tramp hali ham Tehron bilan Islom Respublikasining yadroviy dasturi bo‘yicha kelishuv tuzmoqchi va “Amerika rahbarining bu boradagi pozisiyasi o‘zgarmagan”.